Faqat original · Yaponiya doʻkonlaridan

Matcha nima va uni qanday tanlash kerak?

Taʼm · 4 daqiqa

Izohlarda eng koʻp soʻraladigan savol: ceremonial va culinary farqi, rangi va saqlanishi.

Matcha — soyada oʻstirilgan choy barglaridan (tencha) tayyorlangan yashil choy kukuni. U Yaponiyada, ayniqsa Uji (Kioto) va Nishio hududlarida yetishtiriladi.

Ceremonial yoki culinary?

Ceremonial grade suv bilan ichish uchun: rangi yorqin yashil, taʼmi yumshoq va achchiq emas. Culinary grade latte, desert va pishiriq uchun: taʼmi kuchliroq, narxi arzonroq.

Yaxshi matchani qanday tanib olish mumkin?

Rangiga qarang: qanchalik yorqin yashil boʻlsa, shunchalik yangi. Sargʻish yoki jigarrang tus — eski yoki past navli matcha belgisi.

Qanday saqlanadi?

Ochilgandan keyin yopiq idishda, muzlatgichda saqlang va bir necha hafta ichida ishlating. Shunda rangi ham, taʼmi ham saqlanadi.